Harbiy qismda 14 yanvar-“Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi F-92-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Milliy armiya Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostida 2023-yilning 12-yanvar kuni IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari Temiz shahrida joylashgan harbiy qismda Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar sohasida samarali mehnat qilib iste’foga chiqqan hodimlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Faxriylar yosh xodimlar va o‘quvchilarga o‘zlarining mehnat faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berib, yoshlarni Vatanga muhabbat, kasbga sadoqatli bo‘lishga chorlovchi o‘gitlarini berib o‘tishdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar harbiy qismda joylashgan muzeyga tashrif buyurishib, muzey mutaxassisi tomonidan muzeyda joylashgan eksponatlar va harbiy qism tarixi bo‘yicha ma’lumotlar ham berib o‘tildi.