16 Avgust 2022 yil 423

Harbiy qism askarlari o‘rtasida navbatdagi psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari tizimida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari “Termiz” xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha alohida batalonida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar bilan navbatdagi psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Trening mashg‘uloti jarayonida har bir harbiy xizmatchiga individual yondashgan holda askarlarda vatanparvarlik, mardlik, jasorat singari tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, shuningdek, hissiy zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlarini oldini olish, favqulotda hamda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobilyatlarini shakllantirishga qaratildi.

Shu bilan birga, ularning ichki potensiallarini yuzaga chiqarish va uning kuchli tomonlarini namoyon qilishga ko‘maklashish, axloqiy-ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirishga doir bo‘lgan qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hozirda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilari o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish, ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish, xodimlardagi ruhiy o‘zgarishlarning sabablarini chuqur o‘rganish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech