18 Fevral 2025 yil
468
Harbiy xizmatchilar bilan yo‘l-transport hodisasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida tasdiqlangan rejaga asosan navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida harbiy
xizmatchilar e’tiboriga viloyat hududida sodir bo‘lgan va ayanchli oqibatlar bilan
yakunlangan yo‘l transport hodisalari tasvirlangan video lavha namoyish etildi.
Tashkil etilgan targ‘ibot uchrashuvida, yo‘llarda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari muhokama qilinib, bu kabi hodisalarning oldini olish borasida tadbir ishtirokchilarining fikr va mulohazalari tinglanib, takliflari o‘rganildi.