20 Oktyabr 2022 yil 612

“Qahramonlar nomi barhayot!”

Kuni kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi,  Janubiy operativ qo‘mondonligi, Surxondaryo viloyati IIB, Milliy gvardiya, Qo‘riqlash,  Favqulodda vaziyatlar hamda Bojxona boshqarmalari,  DXX Chegara qo‘shinlari yoshlar yetakchilari hamkorligida, “Qahramonlar nomi barhayot!” shiori ostida, “Sariosiyo voqealari”da Vatan tinchligi yo‘lida aziz jonini fido qilgan surxon o‘g‘loni Muhiddin Eshtemirov xonadonida hamda u tahsil olgan maktabda xotira kechasi tadbiri tashkil etildi.

Qahramon xonadonida tashrif chog‘ida uning yaqinlari holidan xabar olinib,  marhumning porloq xotirasi yodga olindi.

Shundan so‘ng, M.Eshtemirov tahsil olgan maktabda u ko‘rsatgan qahramonlik haqida yosh avlodga so‘zlab berildi. Ta’lim muassasida o‘rnatilgan Mard o‘g‘lon haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Text to speech