15 Iyun 2022 yil
389
Aptekada telefon yo‘qoldi
Termiz shahridagi “Bog‘ishamol” mahallasi Faravon massivi 1-uyda yashovchi Oygul Xo‘jayeva (ism-sharifi o‘zgartirilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilib, 17 may kuni soat 10.00 da, shaharning “Majnuntol” mahallasi hududida joylashgan dorixona ichidan 900.000 so‘mlik “Samsung J-2” rusumli, telefonini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirdi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni, shaharning “A.Jomiy” mahallasida yashovchi K.Chori sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 23 may kuni K.Choriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati