15 May 2025 yil 242

Aholi o‘rtasida qo‘riqlash xizmatining afzalliklari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 15 aprel kunidan 15 may kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida,  hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining mavjud imkoniyatlarini targ‘ib etish, aholiga tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bu jarayonda aholi gavjum joylarga, ko‘chalarga, ko‘p qavatli uylar atrofiga ogohlikka chaqiruvchi, xizmat afzalliklarini targ‘ib etuvchi turli targ‘ibot materiallari ilinib, qo‘riqqa olingan obe’kt va xonadonlarga “Obe’kt qo‘riqlovda”, “Xonadon qo‘riqlovda” kabi stikerlar o‘rnatilmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa viloyat hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgandir.

Text to speech