Aholi osoyishtaligi yo‘lida — qo‘riqlash xizmati targ‘iboti
Sho‘rchi tumanida jinoyatchilik holati og‘ir bo‘lgan ayrim mahallalarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholini qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida amaliy targ‘ibot ishlari olib borildi.
Qo‘riqlash bo‘limi
xodimlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga qo‘riqlash
xizmati imkoniyatlari, uy-joy va savdo do‘konlarini qo‘riqlash signalizatsiya vositalariga
ulashning afzalliklari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, jinoyatning
oldini olishda “tashvish tugmasi” tizimining ahamiyati haqida ham ma’lumotlar taqdim
etildi.
Targ‘ibot doirasida
mahallalardagi ko‘p qavatli uylar hamda do‘konlarga “tashvish tugmasi” o‘rnatilib,
fuqarolarga uning ishlash tartibi amaliy ko‘rsatib berildi. Ushbu tizim orqali xavfli
holat yuz berganda tezkor guruh xodimlari qisqa vaqt ichida hodisa joyiga yetib
borishi mumkinligi ta’kidlandi.
Qo‘riqlash xizmati
xodimlari aholi bilan muloqot jarayonida har bir fuqaro o‘z mulki va xavfsizligiga
nisbatan mas’uliyatli bo‘lishi, huquqbuzarlik holatlariga befarq qaramasligi lozimligini
ta’kidlab o‘tishdi.
Bunday amaliy targ‘ibot tadbirlari jinoyatchilikning oldini olish, aholining huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.