25 Fevral 2024 yil 491

Aholi murojaatlari bilan ishlash maqsadida "Sayyor qabul" bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik D.D.Kamolovning navbatdagi “Sayyor qabuli” Sherobod tumanining “qizil toifa”ga kirgan “Kattabog‘” mahallasida tashkil etildi.

“Sayyor qabuli”da  boshqarma mas’ul xodimlari, mahalla yettiligi hamda shu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etib, hududda yo‘l transport hodisalarining oldini olish, xavfsiz harakatni tashkil etish va aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech