19 Dekabr 2022 yil 420

Angorda o‘quvchining so‘mkasi ichidan o‘n ming sakkiz yuz dona pirotexnika vositasi borligi aniqlandi

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning quyi tizimdagi shaxsiy tarkibi tomonidan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari jarayonida, Angor tuman IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tomonidan Angor tumanda joylashgan kasb-hunar maktabida ta’lim oluvchi, voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan F.Tning o‘quv so‘mkasi ko‘zdan kechirilganda 10.800 (o‘n ming sakkiz yuz) dona (20 blok) “BRITANIK” nomli pirotexnika vositasi borligi aniqlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi.

Text to speech