6 Avgust 2021 yil
451
Angorda o'zaro janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi
Angor tumanida 2021 yil 17 iyul kuni soat 07.30 larda, tumanning "Yangiturmush" mahallasi hududida joylashgan savdo kompleksi yonida, tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi, S.Salohiddin tumanning "Qorabog'" mahallasida yashovchi, K.Asqarni o'zaro janjallashishi oqibatida qo'lidagi pichoq bilan o'ng tomon bel sohasiga bir marotaba urib, sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil tan jarohati etkazgan. 26 iyul kuni S.Salohiddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati