8 Iyul 2022 yil 362

Angorda “kobalt” avtomashinasi ichidan pullarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Angor tumanida 2022 yil 21 iyun kuni, tumanning “Karvon” mahallasida yashovchi, T.Karim (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 13:00 larda, noma’lum shaxs, tumanning “Tallashqon” mahallasi hududida eshiklari ochiq turgan “Kobalt” rusumli avtomashinasi ichidan 1.290.000 (bir million ikki yuz to‘qson ming) so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatiini Termiz shahrida yashovchi, B.Sevinch sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 01 iyul kuni B.Sevinchga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech