20 Dekabr 2021 yil
421
Angorda, giyohfurush tezkor tadbirda qo'lga olindi
Angor tumanida 2021 yil 17 noyabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 15 noyabr kuni soat 12:30 larda, tumanning "Qorasuv" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, Denov tumani "Lolazor" mahallasida yashovchi, S.Sanjar (ism sharifi o'zgartirilgan) mijozga 3.58 gr "gashish" va 0.42 gr "opiy" giyohvandlik moddasini 500.000 (besh yuz ming) so'mga sotayotgan vaqtda ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 17 noyabr kuni S.Sanjanga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati