3 Yanvar 2022 yil 402

Angorda bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Angor tumanida 2021 yil 30 noyabr kuni soat 16:00 larda, tumanning "Navbahor" mahallasida joylashgan restoran yonida, tumanning "Sharq guli" mahallasida yashovchi, M.Shodibek (ism shariflar o'zgartirilgan) tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi, K.Jonibekni jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan yonida bo'lgan oshxona pichog'i bilan o'ng dumba sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. 15 dekabr kuni M.Shodibekka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech