4 Yanvar 2022 yil
746
Angorda, bezorilik qilgan ayolga jinoyat ishi ochildi
Angor tumanida 2021 yil 2 dekabr tumanning "Qorasuv" mahallasida yashovchi, S.Afsona (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 11:30 larda, tumanning "Yangi turmush" mahallasi hududida joylashgan savdo kompleksida savdo qilib turganida, savdo joyiga tanish bo'lgan, Qiziriq tumanida yashovchi, Ch.E'zoza kelib, hech bir sababsiz jamiyatda yurish turish qoidasini mensimasdan sochidan tortib, qo'li bilan urib, tan jarohati etkazganligini ma'lum qilgan. 14 dekabr kuni Ch.E'zozaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati