26 Noyabr 2021 yil 808

Angorda, bezorilik qaychi bilan sodir etildi

Angor tumanida 2021 yil 23 oktabr kuni soat 13:30 larda, tumanning "Yangi turmush" mahallasi hududida joylashgan savdo kompleks hududida, Termiz tumani "Amu sohil" mahallasida yashovchi, M.Mardon (ism shariflar o'zgartirilgan) tumanning "Navbahor" mahallasida yashovchi, S.Gulbahorni jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan qo'lidagi qaychi bilan ko'krak sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan. 5 noyabr kuni M.Mardonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech