Angorda bezorilarga jinoyat ishi ochildi
Angor tumanida 2021 yil 27 oktabr kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 16 oktabr kuni soat 12:30 larda, tumanning "Kattaqum" mahallasida yashovchi, A.Sodiq (ism shariflar o'zgartirilgan) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, tumanning "Yangiturmush" mahallasi hududida joylashgan savdo kompleksi oldida, tumanning "Qo'shtegermon" mahallasida yashovchi, D.Davronni urib, tan jarohati yetkazgan. Shu kuni soat 13:00 larda, D.Davronning o'g'li, shu manzilda yashovchi, D.Vohid A.Sodiqni urib, tan jarohati yetkazgan. 25 oktabr kuni A.Sodiq va D.Vohidlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati