4 Mart 2025 yil 560

Angor va Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limlarida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 21 oktabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan, Angor va Muzrabot tumani IIB shaxsiy tarkibi va faxriylari ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Angor va Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi Faxriylar kengashi raislari va faxriylar kengashi a’zolari so‘zga chiqishib, uzoq yillik mazmunli hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, xizmat davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va mashaqqatlar haqida so‘zlashib, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan nuroniylar qolaversa ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilayotgan shar-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, el-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi, faxriy ustozlar tizimida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan so‘ng, Angor va Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari so‘zga chiqishib, jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tashkil etilgan uchrashuv yakunida faxriy ustozlar tomonidan bir guruh xodimlarga kitoblar to‘plami topshirildi.

Text to speech