25 Dekabr 2021 yil 519

Angor tumanidagi Monomarkazda, IIV M va FRBB rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi

2021 yil 24 dekabr kuni Angor tumanida joylashgan "Monomarkaz" uchrashuvlar zalida, O'zbekiston Respublikasi IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'ining 1-o'rinbosari polkovnik Sh.N.Xodjaev ishtirokida, "Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida mavjud muammolar" yuzasidan fuqarolar bilan sayyor qabul o'tkazildi.
Ushbu qabulda viloyatimizning barcha hududlaridan mazkur sohaga oid muammo va shikoyatlari bo'lgan fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar taklif etildi.
Mazkur uchrashuvda murojaatlar atroflicha o'rganib chiqilib, murojaatlarning ba'zilari joyida hal etilganligi, ba'zilariga qisqa muddatda yordam ko'rsatilishi, muammolar hal etilishi yuzasidan muddatlar belgilanganligi va ba'zilariga huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbirda 2020 yil 13 mart kunidagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi qonunga asosan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga tan olingan 11 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida 5 nafar 16 yoshga to'lgan yoshlar nomiga rasmiylashtirilgan ID-kartalar ham polkovnik Sh.N.Xodjaev ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech