Angor tumanida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyusiyasi bilan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.
Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Surxondaryo viloyati Angor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqarolarni zo‘ravonlikdan himoyalash, har qanday zo‘ravonlikka munosib jazo tayinlash milliy qonunchiligimizda qat’iy belgilab qo‘yilganligi, ko‘cha-ko‘yda begona insonni haqoratlash yoki unga tan jarohati yetkazish qanday javobgarlikka tortilishi va oiladagi shaxsga nisbatan zo‘ravonlik haqida ma’lumot berib o‘tildi.