15 Noyabr 2021 yil 508

Angor tumanida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1999 yilning 17 dekabrdagi rezolyusiyasi bilan 25 noyabr — xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni deb e'lon qilingan.
Shu bois har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida turli tadbirlar o'tkaziladi. Angor tumanida ham Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, tuman IIB hamda Xalq ta'limi bo'limi mas'ul xodimlari hamkorligida "biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Unda zo'ravonlikka qarshi kurashish, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish haqida to'xtalib o'tildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech