8 Iyul 2025 yil 275

Angor tumanida jinoyatchilikning oldini olish ishlari muhokama qilindi

Angor tumanida 2025 yilning 6 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Uchqun Yakubov hamda mutasaddilar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlashdagi roli, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Har bir profilaktika inspektori “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak!” shiori asosida ish yuritishi lozimligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belginib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech