3 Avgust 2023 yil 435

Angor tumanida jamoat joyida janjal qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Angor tumanida 2023 yil 26 iyul kuni soat 10-30 larda, shu tumanda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan I.Salomat (ism sharflar o‘zgartilgan) 1984 yilda tug‘ilgan G.Sharifni tumanning jamoat joyi hisoblangan “Navro‘z” mahallasi hududida, o‘zaro og‘zaki tortishuv natijasida qo‘li bilan duch kelgan joylariga urib, G.Sharifga tan jarohati yetkazgan. 27 iyul kuni I.Salomatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech