30 Iyul 2023 yil 896

Angor tumanida o‘zining qiz chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘lgan qo‘shnirnoq ichidagi “Mehribon Ota” IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi

Angor tumanida “Davron” (ism shariflar o‘zgartirilgan) ismli shaxs tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu tumanda yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan I.Zafar o‘zining sha’riy nikoh asosida 2019 yildan buyon birga yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i, 1994 yilda tug‘ilgan X.Surayyoning chaqaloq farzandi, 2023 yilning 17 iyul kunida tug‘ilgan B.Zafarovnani 35 000 000 (o‘ttiz besh million) so‘mga sotmoqchi ekanligini ma’lum qiladi. Ushbu ariza yuzasidan 19 iyul kuni soat 21-00 larda, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi hamda tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Angor tumanni hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, I.Zafar o‘zining yashash uyida “Davron” ismli shaxsdan kimyoviy ishlov berilgan 1400 (bir ming to‘rt yuz) AQSh dollari hamda 10.000.000 (o‘n million) so‘m pullarni olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan va xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. 22 iyul kuni I.Zafarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech