16 Yanvar 2023 yil 377

Angor tumanida qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Angor tumanida 2023 yil 7 yanvar kuni, tumanning “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi, S.Isroil (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 4 yanvar kunidan 5 yanvar kuniga o‘tar kechasi, mahallasi hududidagi dala yer maydonida joylashgan qo‘raxonasidan har biri 2.000.000 (ikki million) so‘mlik 13 bosh qo‘ylarini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi D.Dilshod va Sherobod tumanida yashovchi, S.Sobirlar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 7 yanvar kuni D.Dilshod va S.Sobirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech