16 Fevral 2022 yil 1028

Angor tumanida, tovlamachilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Angor tumanida 2022 yil 29 yanvar kuni Termiz tumanida yashovchi, R.Oygul (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 17:00 larda, o'ziga tegishli, Neksiya-3 rusumli avtomashinada tanishi, Angor tumanida yashovchi, D.Latif bilan tumanning "Dehqonbirlashuv" mahallasi hududida joylashgan dala yer maydoniga kelganligini va u bilan urushib qolib, tortishuv davomida D.Latif uni videotasvirga tushirib, videokamera qarshisida uni, go'yoki boshqa shaxslar bilan ham jinsiy aloqada bo'lib yurishligi, turmush o'rtog'iga muntazam ravishda xiyonat qilib kelayotganligi haqidagi gaplarni gapirishga majbur qilib, so'ngra esa 11.000.000 (o'n bir million) so'm miqdordagi pullarni bermagan taqdirda mazkur videotasvirlarni uning Rossiya Federasiyasida ishlovchi turmush o'rtog'iga jo'natish bilan tahdid qilganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida D.Latif tomonidan tasvirga olingan va unda R.Oygulning turmush o'rtog'iga xiyonat qilib kelganligi mazmunidagi gaplari aks etgan videolavhalar D.Latifdan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 5 fevral kuni D.Latifga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech