21 Aprel 2022 yil
441
Angor tumanida sodir etilgan yo‘l transport hodisasi jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Joriy yilning 14-aprel kuni soat 07:30 larda Angor tumanining Qo‘shtegirmon mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-102-avtomobil yo‘lining 20 kmda yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi.
Haydovchi A.O. transport vositasini Angor-Jarqo‘rg‘on yo‘nalishida boshqarib borib boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “Neksiya-3” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketadi va oqibatda 3 nafar shaxs og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan, keng jamoatchilik ishtirokida Angor tumanida yo‘l transport hodisalarining oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Unda Surxondaryo viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati YHXB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Saydulla Safarov, tuman IIB boshlig‘i Sodiq Choriyev, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Sherali Mirzayev hamda YHXB mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Muhokama va targ‘ibot tadbirida mas’ullar tomonidan tuman hududida yo‘l transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqilib, kelgusida bunday ayanchli yo‘l transport hodisalarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora tadbirlar belgilab olindi. Bunda keng jamoatchilik vakillarining taklif va mulohazalari ham tinglandi.