1 Avgust 2023 yil
333
Angor tumanida sayyor sud o‘tkazildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda mahalla "beshligi", keng jamoatchilik vakillari hamda Probatsiya guruhi nazorati ostida bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi. Sud davomida tuman IIB boshlig‘ining 5 nafar nazorat ostidagi shaxslar bo‘yicha taqdimnomasi ko‘rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi tomonidan 3 nafar nazorat ostidagi shaxslar shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilindi.
Afsuski, ozodlikni cheklash jazosida belgilangan tartiblarga rioya qilmaganligi sababli ikki nafar nazorat ostidagi shaxs Angor tuman sudi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.