31 Iyul 2024 yil
320
Angor tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Respublikamizda hamkor tashkilotlar ishtirokida 2024 yil 23 iyul kunidan
23 avgust kuniga qadar “Probatsiya oyligi” o‘tkazilmoqda. Bugun ushbu oylik doirasida
Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida
ro‘yxatda turgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida tavsiya
va maslahatlar berildi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida, mehnat yarmarkasi
tashkil etilib, yoshlar ishga joylashtirildi.
Angor tumani hududida mazkur oylik doirasidagi tadbirlar
davom etmoqda.