30 Iyul 2024 yil
282
Angor tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Respublikamizda hamkor tashkilotlar
ishtirokida 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar “Probatsiya oyligi”
o‘tkazilmoqda. Bugun ushbu oylik doirasida Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida ro‘yxatda turgan yoshlar bilan tadbirkorning
uchrashuvi tashkil etildi.
Xususan, “Aziz-Surxon” ma’suliyati
cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish korxonasida o‘tkazilgan uchrashuvda, yoshlarga
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida tavsiya va maslahatlar berildi.
Tadbirkorlar bilan hamkorlikda yoshlarning bandligini
ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu
uchrashuvda ham yoshlar ishga joylashtirildi.