Angor tumanida “Obod va xavfsiz” mahalla tamoyili asosida ishlarni tashkil etishga qaratilgan o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Angor tumanida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida huquqbuzarlik
hamda jinoyatlarning oldini olishda mahalla yettiligining faoliyatiga bag‘ishlangan
seminar tashkil etildi.
Unda viloyat IIB JXX mas’ul xodimlari, tuman IIB o‘rinbosarlari hamda aloqador
tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida mahallada jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash, osoyishtalikni
ta’minlash, aholi bilan “xonadonbay” ishlarni amalga oshirishda huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish, aholining muammolarini hal etish hamda “ijtimoiy profilaktika”
tizimi doirasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil etildi.
Kelgusida mahallalarda "Obod va xavfsiz mahalla"
tamoyili asosida yanada ishlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi
belgilab olindi.