Angor tumanida, “Kiberjinoyatga qarshi birgalikda kurashaylik!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Tahlillarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili 500 milliondan ortiq kiber hujumlar
uyushtiriladi. Har soniyada 12 nafar insondan biri kiber makonda sodir etilgan hujumlar
qurboniga aylanadi. Amerika qo‘shma shtatlari, Fransiya, Angliya, Germaniya, Belgiya,
Luksemburg kabi rivojlangan davlatlarda jinoyatlarning 60-65 foizi kiberhujumlar
orqali sodir etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi uch yilda bu turdagi jinoyatlar
8 barobarga ko‘payib, hozirda umumiy jinoyatchilikning qariyb 5 foiziga yetgan.
Xususan, noqonuniy bank-moliya operatsiyalari orqali o‘zgalarning plastik
kartasidagi mablag‘larini o‘zlashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan onlayn
o‘yinlar, diniy aqidaparastlikka qaratilgan axborot hurujlari, onlayn savdo maydonidagi
firibgarlik jinoyatlari ko‘payib bormoqda.
Mazkur achinarli
holatlarga qarshi kurashish maqsadida, Angor tumani IIB Jamoat tartibini saqlash
guruhi katta inspektori podpolkovnik Sh.Irnazarov hamda boshqa mas’ul xodimlar tomonidan
Kiberjinoyatchilikni oldini olish yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasi, tuman Tibbiyot
birlashmasi, tuman markaziy kutubxonasi va tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbariyati,
ishchi va xizmatchilari bilan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Targ‘ibot davomida, mazkur korxona, tashkilot va muassasalarda ishlab kelayotgan
xizmatchilar tomonidan ham o‘zlari va yaqin qarindoshlari mazkur turdagi jinoyatchilik
qurboniga aylanib, aldangani uchun o‘zlarining plastik kartalaridagi mablag‘laridan
ajralib qolganliklari to‘g‘risida so‘zlab berishdi.
Shu kabi jinoyatchiliklarning
oldini olish maqsadida tuman Huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ul xodimlari
tomonidan ishchi guruh tuzilib, domiy ravishda aholi guvjum joylarda, mahalla, korxona,
tashkilot va muassasalarda profilaktik tushuntirish ishlarini uzluksiz olib borishmoqda.