6 Dekabr 2022 yil 322

Angor tumanida qish mavsumi doirasida gaz bo‘lmaydigan mahallalar aholisiga ko‘mir yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3 sektor rahbari A.S.Ismoilov tashabbusi bilan tumandagi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan 20 ta ehtiyojmand oilaga 500 kilogrammdan bepul ko‘mir tarqatildi. 

– Sovuq kunlar boshlansa-da, yetishmovchilik tufayli ko‘mir sotib olishga imkon topolmayotgan edik, – deydi Yangi turmush mahallasida yashovchi Lola Boboyorova. – Qiyin bir sharoitda bepul ko‘mir berilgani oilamizni behad quvontirdi. Buning uchun davlatimizga, shu xayrli ishning boshida turgan barcha yaxshi insonlarga rahmat.

Tumanda aholini ko‘mir yonilg‘isi bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.

Text to speech