Angor tumanida “Ichki ishlar bog‘i” tashkil etildi
Tabiatni asrash, ekologik musaffolikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishlarning
oldini olishda eng maqbul yechim bo‘lgan yashillik olamini yaratish borasida mamlaktimiz xususan viloyatimizda ham e’tiborga
molik ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan ikki yil oldin boshlangan umummilliy harakat
ko‘lami tobora kengayib borayapti va bu tashabbuslarga barcha birdek yeng shimarib
kirishgani ham rost. viloyat IIO tizimida
joriy ko‘chat ekish mavsumida 26 ming dona
mevali va manzarali darakt ko‘chatlarini o‘tqazish rejalashtirilgan bo‘lsa shu kunga qadar 22 ming
100 tub nihol ekilib parvarishiga ham kirishildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Angor tumani 3 sektrga qarashli
Bahor mahallasi hududida yovvoyi o‘t-o‘lanlar bosib qarovsiz bo‘lgan yer maydoni
viloyat ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmat hamda shahar-tuman ichki ishlar
organlari xodimlariga taqsimlanib berilishi orqali ushbu yer tez fursatlarda yovvoyi
o‘t-o‘lanlardan tozalanib, og‘ir va qishloq xo‘jaligi texnikalari yordamida kerakli
ishlovlar berilishi natijasida, 7 gektarlik yer maydonida “Ichki ishlar bog‘i” barpo
etildi.
Dastlab, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov tomonidan Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida har
bir shaxsning insoniy burchi sifatida qaralayotgan ko‘chat ekish tadbirlariga faol
ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsad muddao xususida to‘xtalib bu jarayonning agrotexnik
tartib taomillari xususida so‘z yuritib,
ko‘chatlarni belgilangan masofada ko‘chat turi bo‘yicha sifatli qilib ekish yuzasidan
tavsiyalar berildi.
Hasharda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman xokimi, Surxondaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi barcha shaxsiy tarkibi, Termiz shahar Ichki ishlar
boshqarmasi, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari ishtirok
etdi.
Yangi tashkil etilgan bog‘da 1000 dona bodom va 1000 dona shaftoli daraxti
ko‘chatlari bog‘dorchilikka ilmiy yondoshilgan holda o‘tqazildi.
Aytish kerakki o‘tqazilgan nihollarning
tutib ketishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilgan maydonda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ham aniq rejalar ishlab chiqilgan.