16 Dekabr 2024 yil 800

Angor tumanida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan ta’minlash hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan yurtimiz xalqining osoyishtaligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholini qish mavsumida energiya resurslari (elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, issiq suv) bilan to‘liq ta’minlash hamda bu borada tegishli idora va tashkilotlar vakillarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida ham amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 15 dekabr kuni Surxondaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Ravshan Namozov hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadievlar boshchiligida Angor tumani hokimiyatida kuz qish mavsumi uchun tashkil etilgan tezkor shtab faoliyati tekshirildi.

Shundan so‘ng tuman markazida joylashgan 1-sonli MTT isitish tizimi qozonxona ahvoli o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida, tuman markazida joylashgan sport maktabida joylashgan bayram archasida tashkil etilgan tungi navbatchilik faoliyati yaqindan o‘rganilib, ob- havoning sovib ketishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda hamkor tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda yo‘llardgi muzlamalarni erishi uchun tuz sepish jarayoni o‘rganildi.

Ishchi guruh a’zolarining kundalik o‘rganish ishlari viloyatning barcha hududlarida ham davom etmoqda.

Text to speech