Angor tumanida firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Angor tumani “Tallashqon” mahallasida yashovchi, J.Jo‘ra (ism shariflar o‘zgartirilgan) va boshqalar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda, shu tumanda yashovchi, D.Dilmurod 2022 yil noyabr, dekabr oylari davomida jami 57 000 000 (ellik yetti million) so‘mlik chorva mollarini sotib berishni va’da qilib, mollarni olib ketib pullarini hozirgi kunga qadar bermasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini bildirgan. 19 iyul kuni D.Dilmurodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Aziz fuqarolar xalqimizda “Otang bozor-onang bozor!” degan bir naql bor shu maqolga amal qilib, o‘zingiz halol mehnat orqali boqib katta qilgan uy hayvonlaringizni yoki yetishtirgan mahsulotlaringizni, firibgarlar qo‘liga o‘z ixtiyoringiz bilan topshirib, pullarini olaolimay aldanib qolmang!
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati