4 Avgust 2023 yil 160

Angor tumanida yoshlar bilan manzilli ishlash davom etmoqda

Yurtimizda yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj uchinchi ya’ni “og‘ir” toifaga kiritilgan yoshlarning har biri mas’ullarga biriktirildi.

Kuni kecha Angor tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda uchinchi toifaga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, biriktirilgan mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Angor tumani xokimi Qosim Mardonov biriktirilgan yoshlar bilan ishlash, ularni  belgilangan muddatda “og‘ir” toifadan chiqarish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Text to speech