Angor tumanida yoshlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi
Angor tumanida Ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizlik xizmati probatsiya guruhi hisobida turgan yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida IIB boshlig‘i Sodiqjon
Choriyev yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida qayta jinoyat sodir
qilmaslik, o‘zgarish yo‘liga o‘tgan yoshlarning muddatidan ilgari ozod etilishi
bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng, tadbir Axborot kutubxona markazida davom etdi. Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida probatsiya guruhi nazoratidagilar uchun "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka davomida ishga kirish istagida bo‘lgan 3 nafar yoshlar bandligi ta’minlandi.