18 Aprel 2022 yil 415

Angor tumanida, yoqilg‘i saqlash sisternalari o‘g‘risi qo‘lga olindi

Angor tumanida 2022 yil 17 mart kuni Toshkent viloyatida yashovchi, tumandagi Mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori, S.Sarvar (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 14 mart kunidan 17 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, MCHJga tegishli bo‘lgan yoqilg‘i materiallarini saqlash shoxobchasiga o‘rnatilgan narxi 15.000.000 (o‘n besh million) so‘mlik 2 dona 5 tonnalik yoqilg‘i saqlash sisternalarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Termiz tumanida yashovchi, B.Qobiljon sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 2 aprel kuni B.Qobiljonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech