1 Avgust 2023 yil 161

Angor tumanida «Dolzarb 30 kun» tadbirlari o‘tkazilmoqda

Bugun Angor tumanida jinoyatchilik oshganligi sababli "qizil" toifaga kiritilgan Navro‘z mahallasida profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Qosim Mardonov, tuman IIB boshlig‘i Sodiqjon Choriyev  hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

 Dastlab, tuman hokimi «Dolzarb 30 kun» tadbirlari davomida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar rejasi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, Navro‘z mahallasida jinoyatni jilovlash orqali "qizil" hududdan "sariq" hududga o‘tkazish uchun bir qator profilaktik tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi. 

Hududdagi muqaddam sudlangan, spirtli ichimlikka ro‘ju quygan, probasiya hisobida turgan va boshqa toifadagi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.

Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi bo‘yicha ham targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Text to speech