13 Avgust 2023 yil 512

Angor tumanida asal o‘g‘risi qo‘lga olindi

Angor tumanida 2023 yil 30 iyul kuni Muzrabot tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.Malik (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning “102” xizmatiga qilgan murojaatida, 2023 yilning 29 iyul kunidan 30 iyul kuniga o‘tar kechasi, Angor tumani hududidagi ochiq dala maydonida turgan qarovsiz qoldirilgan asalari vagonidagi 2 filak 85 (sakson besh) kg asalini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Mazkur murojaat yuzasidan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan O.Olim sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 8 avgust kuni O.Olimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech