3 Fevral 2024 yil 555

Angor tumanida 3 sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Angor tumanidagi 93 nafar yoshlar huquq tartibot organlari xodimlariga biriktirilishi belgilangan.

Shundan  10 nafari tuman IIB boshlig‘i S.Chorievga biriktirilgan.

Kuni kecha 3 sektor rahbari yoshlar bilan uchrashib, ular bilan  jinoyatchilikning oldini olish va uning oqibati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlarning murojaati ham qabul qilindi. 2 nafar yoshning fuqarolik pasporti olish bo‘yicha qilgan murojaati bartaraf etildi.

Shundan so‘ng, yoshlar Sherobod tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti to‘rtinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 41-son manzilli koloniyasiga  olib borildi.

Albatta, bu tadbirlarning tashkil etilishi natijasi panjara ortidagilar hayotini ko‘rib, yoshlar o‘zlari uchun to‘g‘ri xulosa chiqarishadi.

Text to speech