10 Iyun 2025 yil
107
Angor tumani IIBda “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” tadbiri doirasida uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 martdagi tegishli buyrug‘i va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025 yil 26 maydagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil iyun oyining birinchi o‘n kunligi mamlakatimiz bo‘ylab, “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan Angor tumani
Ichki ishlar bo‘limida uchrashuv tashkil etilib, unda viloyat ichki ishlar organlarida
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning
oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf
etish, Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida rahbar xodimlarning mas’uliyati
va javobgarligini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib
o‘tdi.
Tadbirda tuman prokurori o‘rinbosari
Komil O‘taev hamda tuman IIB boshlig‘i Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
mayor Mansur Saidovlar ishtirok etib, unda tuman IIB shaxsiy tarkibi tomonidan bu
borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” maqsadida tayyorlangan masus ogohlikka chaqiruvchi bukletlar tarqatilib, mas’ul xodimlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.