Angor tumani IIB xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Joriy yilning 5 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda joriy yilning 20 noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom” ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilash, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi, avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarni aniqlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan ma’ruza qilindi.
Shundan so‘ng yig‘ilishda
xodimlarning kasbiga bo‘lgan sadoqatini, mas’uliyatini oshirish maqsadida joriy
yilning ikkinchi yarmida viloyat IIB xodimdari ishtirokida sodir etilgan
xolatlardan iborat “Xiyonat va halollik” deb nomlangan video rolik namoyish
etilib, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan
qonunbuzilishlarini oldini olishga xamma birdek mas’ul ekanligi ta’kidlab
o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida
xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib, xizmatda na’muna
kursatib kelayotgan xodimlarning ota
onalariga viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari
topshirildi.