Angor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining 2022 yil davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi
Joriy yilning 25 yanvar kuni Angor tumani ichki ishlar bo‘limi binosida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida 2022 yilning 12 oyi davomida Angor tuman IIB xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ish natijalari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda tuman IIBning barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etib, o‘tgan 2022 yilning 12 oyi davomida tuman IIB tomonidan jinoyatchilikni oldini olish, bartaraf etish va fosh etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlari, erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil asosida muhokama etildi.
Shu o‘rinda tuman hududida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, ayniqsa salmog‘i oshgan qotillik, o‘g‘irlik, boqinchilik jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yib bergan mas’ul xodimlarning hozirda va kelgusidagi amalga oshirayotgan ishlari hisobotlari tinglandi.
Shu bilan birga, xodimlar tomonidan ishga bo‘lgan munosabat, xizmat intizomi, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni hal etish va boshqa bir qator masalalarga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik I.Tursunov tomonidan 2023 yilda jinoyatchilikni jilovlash va sodir etilganlarini fosh etish, har bir mahalla hududidagi ko‘chalarga, bino va inshootlariga, savdo nuqtalariga video kuzatuv kameralarni o‘rnatish, hududlarni ko‘chama-ko‘cha yangidan o‘rgangan holda barcha mavjud imkoniyat va kamchiliklarni kiritgan holda “yo‘l harita” ishlab chiqish lozimligi uqtirildi.
Yig‘ilish davomida, tumanning Ho‘janqo mahallasi profilaktika inspektori kapitan B.Shamaev tomonidan hududida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatini oldini olganligi hamda shaxsiy tashabbus ko‘rsatib fosh etganligi uchun pul mukofoti bilan rag‘batlantirishga tavsiya qilindi.
Shu bilan birga yig‘ilishda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir ichki ishlar organlari xodimlari amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati