Angor tumani 3 sektor hududidagi kam ta’minlangan xonadonlarda iftorlik dasturxonlari yozilmoqda
Ramazon oyida xalqimizga xos mehr-oqibat tuyg‘ulari, sahovatpeshalik fazilatlari yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Ana shunday hayrli ishlardan biri mahallalardagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand yurtdoshlarimiz xonadonlarida iftorlik tadbirlarining tashkil etilishidir. Iftorlik dasturxonlari sabr-qanoat bilan Ro‘zai Ramazon amallarini bajarayotgan hamyurtlarimizni bir yerga jamlamoqda. Vohadoshlarimiz farovon kunlarimizning bardavom bo‘lishi, yurt tinchligi, xalqimiz baxtu saodatini so‘rab duolar qilishmoqda.
Xuddi shunday xayrli ishlardan biri viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik M.Boltaev boshchiligida Angor tumanining 3 sektor hududidaga qarashli “Qadimiy Angor” mahallasida yashovchi U.Axmedovning yashash xonadonida iftorlik dasturxoni yozilib, mahalla oqsoqollari, kam ta’minlangan oilalar, yakka yolg‘iz yashovchi qariyalar ishtirok etishdi.
Shuningdek fuqaro U.Axmedov yashash uyi atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, ushbu xonadonga olib boruvchi ko‘chalar shag‘allashtirildi.