10 Fevral 2022 yil 438

Angor bozorida bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Angor tumanida 2022 yil 17 yanvar kuni soat 14:30 larda, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi, M.Maratni (ism shariflar o'zgartirilgan), Angor tumani "Yangi turmush" mahallasida joylashgan "Angor kelajagi savdo kompleks" mas'uliyati cheklangan jamiyatga kelgan vaqtida bozor hududida, tanishi shu tumanda yashovchi, Z.Zoyir jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan duch kelgan joylariga urib, "yengil" tan jarohati yetkazgan. 2 fevral kuni Z.Zoyirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech