Angor hamda Sherobod tumanlarida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i rahbarligida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi kriminogen vaziyat tanqidiy muhokama qilindi.
Kuni kecha Angor tuman hokimligi binosida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, tumandagi kriminogen vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov huzurida
o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, tuman hokimi, prokurori, mahalla yettiliklari, nuroniylar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi
tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida, viloyat mas’ullari tomonidan jinoyat
va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlari va boshqa
kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish,
ayniqsa yoshlar, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan qonunbuzilishlarning
asl omillarini o‘z vaqtida aniqlab bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i kriminogen vaziyati
og‘ir bo‘lgan Sherobod tumanidagi “Kattabog‘” mahallasiga tashrif buyurib, amalga
oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv
o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida,
mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash
borasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi ijrosi o‘rganildi.
Shuningdek, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar
sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga alohida
urg‘u berildi. Viloyat IIB boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni
yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi
PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida
amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida, tuman mas’ullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.