23 Avgust 2022 yil 389

Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi

Termiz tumanida 2022 yil 8 avgust kuni soat 10:00 larda, DXX viloyat boshqarmasi, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor  tadbir davomida, tumanning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi, S.G‘anisherning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, yashash uyi yotoqxonasidagi gilami ostida 2 dona sellofan paketga o‘ralgan sof vazni 0,75 gramm “Opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan. 10 avgust kuni S.G‘anisherga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech