2 May 2023 yil 414

Amerikaga ishga yuboradigan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi, u tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Termiz shahrida yashovchi S.Mansur (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat hududida vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolar bilan tanishib, ularning ishonchiga kirib, 2000 AQSh dollari evaziga o‘zining elchixonada ishlaydigan tanishlari orqali AQSh davlatiga ishga yuborish uchun “viza” to‘g‘irlab berishini aytadi. U shu yo‘l orqali firibgarlik qilib, fuqarolardan  pul olib yuradi.

S.Mansurning qarmog‘iga Boysun tumani “Dashtig‘oz” mahallasida yashovchi T.Kamol ham ilinadi va u S.Mansurga AQSh davlatiga ishga jo‘natish uchun “viza” to‘g‘irlab berishi uchun 15 million so‘m, 700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni beradi. S.Mansur yana 500 dollar pul olib kelib berishini aytadi. T.Kamol tanishi S.Mansurning harakatlari shubha uyg‘otadi va tuman IIBga murojaat qiladi.

Shundan so‘ng, S.Mansur mijozi T.Kamoldan 500 AQSh dollariga hisoblab 5 700 000 so‘m pul olayotgan vaqtda Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish  bo‘limi Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech