#Amaldagi_islohotlar Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko'mak berilmoqda
Denov tumanida tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limining birinchi o'rinbosari Sh.Ibragimova, Surxondaryo viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik O'.Eshimova, katta inspektori mayor M.Qurbonova, tuman IIB xotin-qizlar inspektori G.Elmurodova, ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi direktori S.Saidmuratova ishtirokida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Unda Yurtboshimiz tashabbusi bilan xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning jamiyat hayotidagi tutgan o'rni, hozirgi kundagi siyosiy faolligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar borasida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, dastur doirasida kam ta'minlangan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 19 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.